Kim qachon to'lashi kerakligi esdan chiqadi
Nasio bilan
Shartnoma tuzilishi bilan to'lov jadvali tayyor. Muddati yaqinlashgan va o'tgan to'lovlar bir ro'yxatda, mijozga eslatma Telegram'da.
Sahifa yuklanmoqda…
Internet sekin ko'rinadi. Sahifa baribir ochiladi — biroz kuting.
Mijozlar, shartnomalar, to'lov jadvallari, ombor va kassa — bitta CRM'da. Qarzdorlarga eslatmalar Telegram orqali o'zi ketadi.
Tanish holatmi?
Shartnoma tuzilishi bilan to'lov jadvali tayyor. Muddati yaqinlashgan va o'tgan to'lovlar bir ro'yxatda, mijozga eslatma Telegram'da.
Har bir to'lov naqd va karta (P2P) ulushi bilan yoziladi. Inkassatsiya va kamomad xodim kesimida yuritiladi.
Har bir tovar seriya raqami bilan kirim qilinadi. Qoldiq do'kon bo'yicha, do'konlar orasida transfer hujjat bilan.
Imkoniyatlar
Sotuvchi shartnoma tuzadi, kassir to'lov qabul qiladi, egasi hisobotni ko'radi. Har kim faqat o'ziga kerakli bo'limni ko'radi.
Boshlang'ich to'lov, ustama va muddat — oylik to'lov o'zi hisoblanadi. Shartnoma o'z shabloningiz bo'yicha chop etiladi.
Naqd va P2P bir to'lovda. Qisman, oldindan yoki muddatidan oldin yopish — barchasi jadvalga to'g'ri taqsimlanadi.
Mahsulotlar turkumlar bo'yicha, har bir birlik seriya raqami bilan. Sotilgan tovar shartnomaga bog'lanadi.
Har bir do'konning o'z qoldig'i, kassasi va xodimlari. Tovarlar do'konlar orasida transfer bilan ko'chiriladi.
Dollardagi shartnoma kurs bo'yicha so'mda to'lanadi. Har bir to'lovda o'sha kundagi kurs saqlanadi.
Tushum, foyda, xarajatlar, debitorlik va muddati o'tgan qarz — davr bo'yicha, diagrammalar bilan.
Egasi, sotuvchi, kassir — har biriga o'z huquqi. Har bir amal kim va qachon bajargani bilan jurnalga yoziladi.
Ijara, kommunal, maosh xarajatlari. Kassadagi naqd pul inkassatsiya bilan topshiriladi va tasdiqlanadi.
Qanday ishlaydi
Saytdagi forma yoki Telegram orqali. Menejerimiz siz bilan bog'lanadi.
Do'konlaringiz ochiladi, egasiga kirish ma'lumotlari beriladi. 14 kun bepul.
Mahsulotlar, qoldiq, sotuvchi va kassirlar — bir kunda tayyor.
Shartnoma tuzing, to'lov qabul qiling — eslatmalar va hisobotlar o'zi ishlaydi.
Telegram bot
Mijoz bitta havola orqali botga ulanadi. Siz qo'ng'iroq qilmasangiz ham, u to'lov kunini bilib turadi.
Tariflar
Barcha imkoniyatlar har bir tarifda. 14 kun bepul sinab ko'ring, keyin to'lov do'kon bo'yicha.
240 000 so'm / do'kon / oy
12 oy uchun bir martada — 2 880 000 so'm
Sinovni boshlash300 000 so'm / do'kon / oy
Har oy to'lanadi
Sinovni boshlashSavollar
Yo'q. Biznes ulangandan keyin 14 kun bepul ishlaysiz. Sinov tugagach, faol do'konlar soniga qarab hisob-faktura chiqariladi.
Ha. Mijoz va shartnomani kiritib, avval to'langan qismini to'lov sifatida qayd etasiz — qolgan jadval va qarz o'zi hisoblanadi.
Har bir rolning o'z huquqi bor: masalan, kassir hisobot va sozlamalarni ko'rmaydi. Barcha muhim amallar kim bajargani bilan jurnalga yoziladi.
Tizim botga ulanmagan mijozlar ro'yxatini alohida ko'rsatadi — sotuvchi ularga telefon orqali eslatadi.
Yo'q, Nasio brauzerda ishlaydi: kompyuter, planshet yoki telefondan kirasiz.
Ariza qoldiring: menejerimiz bog'lanib, tizimni sizning do'koningiz misolida ko'rsatadi.